locale OZ

Kayla Harrison UFCning yana bir afsonasini jangga chorladi

Harrison Amanda Nunes ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Rouzi bilan jang qilish imkoniyatini muhokama qilgan.
Boshqa sport turlari
Kayla Harrison UFCning yana bir afsonasini jangga chorladi
Foto: Getty Images

UFCning ayollar o‘rtasidagi eng yengil vazn toifasi chempioni Kayla Harrison amerikalik sobiq chempion Ronda Rouziga qarshi oktagonga chiqish istagini bildirdi. Bu haqda NGSC Sports nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Harrison Amanda Nunes ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Rouzi bilan jang qilish imkoniyatini muhokama qilgan.

Amaldagi chempion mazkur bahsni katta daromad olish uchun qulay imkoniyat sifatida baholadi. Qizig‘i shundaki, har ikki sportchi MMAga o‘tishidan avval dzyudo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan. Biroq hozircha UFC tomonidan jang yuzasidan rasmiy bayonot berilmagan.

Ma’lumot uchun, ikki karra Olimpiada chempioni Harrison UFC 334 turnirida Amanda Nunesni to‘rtinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etib, chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting