«Bavariya» Olmo uchun 60 million yevro taklif qilishi mumkin
Uning «Barselona» bilan shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi.
Futbol
Фото: Getty Images
«Bavariya» «Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmoni o‘z safiga jalb etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ispaniyalik futbolchi avval Germaniya chempionatida o‘zini ko‘rsatgan va «Leypsig»dagi o‘yinlari orqali yirik klublar e’tiborini qozongan edi. Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Olmo uchun 60 million yevro atrofidagi summa muhokama qilinmoqda.
Biroq uning «Barselona» bilan shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi. Shu sabab kataloniyaliklar futbolchini qishki transfer oynasida sotishga majbur emas.
Bu transfer amalga oshishi uchun «Bavariya» jiddiy taklif bilan chiqishi, futbolchining o‘zi ham bunga rozi bo‘lishi kerak.