«Manchester Yunayted» Balogunni ham nishonga oldi
Taniqli insayder Fabrizio Romano bu ehtimolni istisno qilmadi.
Futbol
Фото: Getty Images
«Manchester Yunayted» «Monako» hujumchisi Folarin Balogunni yanvar oyida tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Taniqli insayder Fabrizio Romano bu ehtimolni istisno qilmadi. Uning ta’kidlashicha, hozircha «Manchester Yunayted» bilan futbolchi o‘rtasida faol muzokaralar yo‘q. Biroq hujumchiga qiziqish bildirilishi mumkin. Balogunning nomi avval «Everton» bilan ham bog‘langan edi.
Tomonlar o‘rtasida yozgi transfer oynasida kelishuvga yaqin vaziyat yuzaga kelgan, ammo tibbiy ko‘rik va keyingi muzokaralardan so‘ng transfer amalga oshmagan. Pochettino bilan AQSh terma jamoasida ishlagan futbolchining «Old Trafford»ga kelishi mumkinligi hozircha transfer bozoridagi taxminlardan biri bo‘lib turibdi.