locale OZ

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

Uchrashuvda Sherzod Esanov dubl muallifiga aylandi.
Futbol
O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Saudiya Arabistonini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

17-noyabr kuni «Jassim bin Hamad» stadionida o‘tkazilgan bahsda hisob 19-daqiqada ochildi. Saudiya Arabistoni darvozaboni Hamad ash-Shanqitiyning uzatmasidagi xatodan foydalangan Sherzod Esanov to‘pni egallab, uni darvozaga joyladi.

Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, saudiyaliklar muvozanatni tiklashdi. Firas al-Buraykan 23-daqiqada jamoasining uchrashuvdagi yagona golini kiritdi. Biroq 35-daqiqada Esanov yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Saudiya Arabistoni vakili Ali Lajami Abbosbek Fayzullayevga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun 51-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Shundan so‘ng saudiyaliklar uchrashuvning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishdi. Fayzullayevni esa tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgani ma’lum qilindi.

Hisob uchrashuv oxiriga qadar o‘zgarmadi va O‘zbekiston terma jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting