\"Real Madrid\" Bernardu Silvaning jarohati bo‘yicha xushxabar oldi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Bernardu Silvaning Portugaliya terma jamoasi safida yuzaga kelgan sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari jiddiy bo‘lib chiqmadi. Bu haqda Football Presse nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi Daniyaga qarshi 1:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvda mushaklarida og‘riq his qilgan.
Shundan so‘ng futbolchi ehtiyot chorasi sifatida milliy terma jamoa yig‘inini muddatidan avval tark etdi. Madridga qaytgan Bernardu Silva qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi va unda jiddiy jarohat aniqlanmadi. Futbolchining navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo boshchiligidagi "Real Madrid" Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Santyago Bernabeu" stadionida "Selta" jamoasini qabul qiladi.