«Manchester Yunayted» Makkennini sotib olishi mumkin
Amerikalik yarim himoyachining «Yuventus» bilan shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.
Futbol
Фото: Getty Images
Maurisio Pochettino «Manchester Yunayted»dagi faoliyatini «Yuventus» yarim himoyachisi Ueston Makkennini taklif qilish bilan boshlashi mumkin.
Italiya matbuoti xabarlariga ko‘ra, argentinalik mutaxassis AQSH terma jamoasida birga ishlagan futbolchisi bilan yana hamkorlik qilishga qarshi emas. Makkenni ham ehtimoliy transfer haqidagi savolga javob berib, bunday variantni butunlay inkor etmadi.
U jamoadagi ayrim futbolchilar kelasi yil davomida klubini o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidlagan. Biroq amerikalik yarim himoyachining «Yuventus» bilan shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Shu sababli turinliklar uni qishda qo‘yib yuborishga rozimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.