Liga 1. «Monako» mehmonda «Strasburg» bilan durang o‘ynadi
Liga 1. «Monako» mehmonda «Strasburg» bilan durang o‘ynadi
Bu natijadan so‘ng monegasklar turnir jadvalida 1-o‘ringa qaytdi.
Fransiya chempionatining 4-turida «Strasburg» klubi o‘z maydonida «Monako»ni qabul qildi. Bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Dastlab mehmonlar safida Sane avtogol muallifiga aylandi. 71-daqiqada Brunner muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, «Strasburg» 7 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Monegasklar 10 ochko to‘plab, peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Fransiya chempionati. 4-tur
Strasburg – Monako 1:1
Gollar: Sane 52 avtogol – Brunner 71
Strasburg – Yorgensen, Antvi, Mitchell, Dukure, Oso, Diop, Souza, Nanasi, Reyna (Samir, 81), Yassin (Kulibali, 90), Ortega (Xarder, 69).
Monako – Gradetski, Vanderson, Dayer, Sane, Nazinio, Kamara, Idumbo (Deturbe, 72), Golovin, Zakariya, Subeyr (Ablin, 22), Brunner.