locale OZ

Lempard «Everton»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi

«Koventri» keyingi turda «Kristal Pelas»ga qarshi bahs olib boradi.
Futbol
Lempard «Everton»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi
Фото: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
06.11.2026, Yak.
Everton
3
Koventri Siti
1

Angliya Premer-ligasining 10-turidan o‘rin olgan ilk uchrashuvda «Koventri» o‘z maydonida «Everton»ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard bahs natijasini sharhladi.

«O‘yinimizda ijobiy jihatlar ko‘p bo‘ldi. Shuning uchun mag‘lubiyat yanada alamli. Uchrashuv natijasiga, shubhasiz, bir qator muhim hakamlik qarorlari ta’sir ko‘rsatdi. Biz ishlashda davom etishimiz kerak — jamoada o‘sish borligini ko‘ryapman. Qattiq mehnat qilishimiz lozim. Jamoada yaxshi kayfiyat hukmron va biz yanada takomillashishda davom etishimiz kerak», — deya Lempardning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Angliya chempionatining 11-turida «Koventri» «Kristal Pelas»ga qarshi bahs olib boradi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting