locale OZ

Lamin Yamal Xitoyda yolg‘on axborot qurboniga aylandi

Internetda ispaniyalik futbolchi go‘yoki Instagram sahifasida osiyoliklarni kamsituvchi animatsion videoni ulashgani aks etgan skrinshot tarqalgan.
Futbol
Lamin Yamal Xitoyda yolg‘on axborot qurboniga aylandi
Foto: Getty Images

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lamin Yamal Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan soxta skrinshot sababli katta mojaro markazida qoldi. Bu haqda World Journal nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, internetda ispaniyalik futbolchi go‘yoki Instagram sahifasida osiyoliklarni kamsituvchi animatsion videoni ulashgani aks etgan skrinshot tarqalgan.

Mazkur holat xitoylik muxlislarning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular futbolchini irqchilikda ayblab, undan omma oldida uzr so‘rashni talab qilishdi. Hatto Xitoy davlat televideniyesi ham La Ligadan rasmiy izoh so‘radi.

Biroq Ispaniya futbol ligasi mazkur skrinshot ataylab soxtalashtirilganini va Yamal bunday videoni umuman ulashmaganini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Kilian Mbappe ham Xitoyda katta tanqidlarga uchragan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting