Keyn «Bavariya» tarixida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan ilk xorijlik futbolchi bo‘ldi
Garri Keyn «Bavariya» tarixida «Oltin to‘p» sohibiga aylangan to‘rtinchi futbolchi bo‘ldi. Biroq angliyalik hujumchi Myunxen klubi safida ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan Germaniyadan tashqarida tug‘ilgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Ungacha «Bavariya» safida Gerd Myuller 1970 yilda, Frans Bekkenbauer 1972 va 1976 yillarda, Karl-Hayns Rummenigge esa 1980 va 1981 yillarda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan edi.
Keyn 2023 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilmoqda. Myunxen klubiga o‘tishidan avval u qariyb o‘n yil davomida «Tottenhem» safida to‘p tepgan. Biroq hujumchi London klubi bilan birorta sovrinni qo‘lga kirita olmagan.
Ma’lumot uchun, Garri Keyn so‘nggi 25 yil ichida «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan ilk angliyalik futbolchiga ham aylandi. Angliyaning avvalgi sovrindori Maykl Ouen bo‘lib, u 2001 yilda ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.