locale OZ

Karvaxal qancha muddatga safdan chiqqani maʼlum boʻldi

«Real» himoyachisi «Barselona»ga qarshi oʻyinda jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karvaxal qancha muddatga safdan chiqqani maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
01.11.2025, Yak.
Real Madrid
4
Valensia
0

Madridning «Real» klubi himoyachisi Dani Karvaxal «Barselona»ga (2:1) qarshi La Liganing 10-tur uchrashuvida olgan jarohati sabab 2—3 oy maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Avvalroq klub matbuot xizmati futbolchi oʻng tizzasiga artroskopik operatsiya qilinganini tasdiqlagan edi.

Operatsiyani shifokor Manuel Leyes «Real« tibbiy xizmati nazorati ostida oʻtkazgan. Manbaga koʻra, futbolchining oʻng tizzasida boʻsh harakatlanuvchi boʻgʻim aniqlangan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda ham Karvaxal 9 oktyabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi oʻyinda oldingi xochsimon paylarini shikastlab, toʻqqiz oy davomida maydonga tusha olmagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting