Bashar Resan: «Albatta, qiyin o‘yin bo‘ladi»
"Qadsiya"ga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida yarim himoyachi Bashar Resan o‘z fikrlarini bildirdi.
“Albatta, qiyin o‘yin bo‘ladi. Raqibimiz so‘nggi ikki mavsumda Saudiya Arabistonining eng yaxshi jamoalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Biz o‘tgan kuni chempionat doirasida bitta o‘yin o‘tkazdik, ular ham xuddi shunday, o‘tgan kuni o‘ynashdi. Hozir biz tayyormiz, chunki bilasiz, milliy terma jamoalarda sakkiz nafar futbolchimiz bor, ular O‘zbekistonga, Iroqqa va boshqa turli mamlakatlarga safar qilishdi.
Ular endigina qaytib kelishdi va ko‘p vaqtlarini tiklanishga sarflashdi. Biz ushbu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz va ertaga muxlislarimizni kutib qolamiz.
Inshaalloh, yaxshi natijaga erishamiz. Barcha bu o‘yinning qiyin o‘tishini biladi va unga tayyor”, - dedi Resan.