locale OZ

Kamilla Rahimova Tokiodagi WTA 500 turnirining chorak finaliga yo‘l oldi

2 soat 51 daqiqa davom etgan uchrashuv yakunida O‘zbekiston vakili chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Tennis
Kamilla Rahimova Tokiodagi WTA 500 turnirining chorak finaliga yo‘l oldi
photo: gettyimages

Kamilla Rahimova Tokiodagi WTA 500 turnirining chorak finaliga yo‘l oldi.

O‘zbekiston vakili Kamilla Rahimova Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilayotgan Toray Pan Pacific Open Tennis xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Musobaqa WTA 500 toifasiga kiradi.

Ikkinchi davra uchrashuvida jahon reytingida 66-o‘rinni egallab turgan Kamilla Rahimova dunyoning 33-raketkasi, rossiyalik Yekaterina Aleksandrovani uch set davom etgan bahsda 6:4, 4:6, 7:6(7:5) hisobida mag‘lub etdi.

2 soat 51 daqiqa davom etgan uchrashuv yakunida O‘zbekiston vakili chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Chorak finalda Rahimova ispaniyalik Kristina Buksha (WTA reytingida 42-o‘rin) va avstraliyalik Maya Joynt (94-o‘rin) o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting