locale OZ

OCHL-2. «Nasaf» Qarshida «Al Kuvayt»ga ham yutqazdi

3 ta turda atigi 1 ochko olgan Ro‘ziqul Berdiyev jamoasining pley-offga chiqish imkoniyati keskin pasaydi.
Futbol
OCHL-2. «Nasaf» Qarshida «Al Kuvayt»ga ham yutqazdi
photo: Nasaf fk
Osiyo Chempionlar Ligasi 2
28.10.2026, Yak.
Nasaf Qarshi
0
Kuwait SC
1

Osiyo Chempionlar Ligasida A guruhning 3-turida «Nasaf» o‘z maydonida «Al Kuvayt» klubini qabul qilib, minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.

Natijada 3 ta turda atigi 1 ochko olgan Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi pley-offga chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi. Kuvayt klubining ochkolari esa 6 taga yetdi.

Guruhning ikkinchi o‘yini Bahraynda 23:15da start oladi va unda «Al Xolidiya» (1) «Al Vahda» (6) bilan ro‘baro‘ keladi.

OCHL-2. 3-tur. A guruhi
Nasaf — Al Kuvayt 0:1
28 oktyabr, Qarshi, «Markaziy» stadion
Gol:
Daham (40).
Nasaf — Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev (Zafarmurod Abdurahmatov 46), Umar Eshmurodov, Alibek Davronov, Sharof Muhiddinov (Dilshod Murtazoyev, 83), Murod Rahmatov, Oybek Rustamov, Sardor Bahromov (Akrom Komilov, 46), Abbos G‘ulomov (Pata Gudushauri, 63), Adenis Shala, Bobur Abduxoliqov (Yusuf Otubanjo, 63).
Al Kuvayt — Al Hoshan, Ad Defiri, Ammuri, Birrahma, Daham, Dara, Freyh (As Sanosi, 90+5), Marhun (Al Muhammad, 88), Zola, Gonsales (Hamud, 88), Henissi (Al Qarzai, 81).
Ogohlantirishlar: Marhun (45), Zola (53), Birrahma (67), Al Qarzai (90+3).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting