locale OZ

Dzyudochilarimiz Abu Dhabi Grand Slam 2026 turniridagi raqiblarini bilib olishdi

29-31 oktyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi navbatdagi nufuzli musobaqa bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Dzyudochilarimiz Abu Dhabi Grand Slam 2026 turniridagi raqiblarini bilib olishdi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Dzyudochilarimiz Abu Dhabi Grand Slam 2026 turniridagi raqiblarini bilib olishdi

29-31 oktyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi navbatdagi nufuzli musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Turnirda 59 davlatdan kelgan jami 374 (221 erkak, 153 ayol) nafar dzyudochi belgilangan vazn toifalarida medallar hamda qimmatli Olimpiya reyting ochkolari uchun bahslarga kirishadi. Ular qatorida O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar dzyudochisi ham bor.

Biroz avval Abu Dhabi Grand Slam 2026 turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazilib, dzyudochilar ilk davradagi raqiblarini bilib olishdi.

Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:

-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov — Pedro Karlos Antun Neto (Avstraliya)
-66 kg: Dilshodbek Hamroyev — Yusuf Nurkovich (Chernogoriya)
-73 kg: Zamohshari Bekmurodov — Kristos Dimitriadi (Kipr)
-90 kg: Umar Bozorov — Umar Rasulov (Tojikiston)
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov — Marselo Gomes (Braziliya)
-100 kg: To‘lqinbek Turdiyev — Jahongir Majidov (Tojikiston)

AYOLLAR

-48 kg: Ulbusin Hakimova — Konul Aliyeva (Ozarbayjon)
-52 kg: Sita Kadamboyeva — Tereza Bodnarova (Chexiya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova — Paulina Martinez (Meksika)
-70 kg: Shirinjon Yuldasheva — Nika Koren (Sloveniya)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva — Luana Karvalo (Braziliya)
-78 kg: Barchinoy Qodirova — Dandara Kamillo (Braziliya)
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva — Madina Kaysinova (Ozarbayjon)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting