Dirk Kuyt «Fenerbahche»ning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi
Bu haqda istanbulliklarning rasmiy sayti xabar berdi.
Futbol
photo: gettyimages
Niderlandiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Dirk Kuyt Turkiyaning «Fenerbahche» klubining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda istanbulliklarning rasmiy sayti xabar berdi.
«Ismoil Kartal ketganidan so‘ng klubimiz yangi bosh murabbiy topguniga qadar Dirk Kuytni asosiy jamoa uchun mas’ul etib tayinladi», — deyiladi klub bayonotida.
46 yoshli Kuyt 2026 yil iyun oyida Ismoil Kartalning murabbiylar shtabiga qo‘shilgandi. U avval Niderlandiyaning «Dordrext», Belgiyaning «Beyersxot» klublarida ishlagan.
Dirk futbolchilik faoliyatini 2017 yilda yakunlagan. U «Fenerbahche» safida futbolchi sifatida 2013/2014 yilgi mavsumda Turkiya chempioni bo‘lgan. Sobiq hujumchi «Liverpul» va «Feyenoord» jamoalaridagi o‘yinlari bilan tanilgan.