Elanga 6–8 haftaga safdan chiqdi
Shvetsiyalik vingerning «Nyukasl» bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
«Nyukasl» yarim himoyachisi Entoni Elanga sonning orqa mushaklaridan olgan jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqda SportsYahoo xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, shvetsiyalik futbolchining to‘liq tiklanishi uchun olti-sakkiz hafta talab etiladi.
24 yoshli Elanga joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida uchta uchrashuvda ishtirok etib, ikki marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
Shvetsiyalik vingerning «Nyukasl» bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Futbolchining bozor qiymati 32 million yevro atrofida baholanmoqda.
APLning to‘rt turidan keyin «Nyukasl» besh ochko bilan turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.