«Barselona» 44 yillik tarixiy noxush natijani takrorladi
«Barselona» uchun Ispaniya chempionatining navbatdagi uchrashuvi dramatik tarzda boshlandi. «Vilyarreal»ga qarshi bahsning 7-daqiqasiga keliboq kataloniyaliklar o‘z darvozalaridan ikki to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, «ko‘k-anorranglilar» La Liga doirasidagi o‘yinda dastlabki yetti daqiqa ichida ikki bor gol o‘tkazib yuborishi so‘nggi marta 1981-yilning noyabr oyida kuzatilgan. O‘shanda bunday holat «Saragosa»ga qarshi bahsda sodir bo‘lgan.
Qizig‘i shundaki, o‘sha davrda ham «Barselona» qiyin vaziyatni boshdan kechirayotgan edi. Yoxan Kroyff klubni tark etgan, argentinalik afsona Diyego Maradona esa hali jamoa safiga kelib qo‘shilmagan edi.
Biroq bu safar kataloniyaliklar vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lishdi. Agar 1981-yilda «Saragosa» bilan durang qayd etilgan bo‘lsa, «Vilyarreal»ga qarshi bahsda «Barselona» irodali g‘alabaga erishdi va Ispaniya chempionati turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi.