locale OZ

Bahrom Haydarov: \"4 ta turdan buyon davom etayotgan g‘alabasiz seriya bosimidan o‘tib oldik\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahrom Haydarov: "4 ta turdan buyon davom etayotgan g‘alabasiz seriya bosimidan o‘tib oldik"
PHOTO: Telegram

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Buxoro” (1:0) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

- Birinchi g‘alaba bilan jamoamiz muxlislari va klubimiz rahbariyatini tabriklayman. Ancha yoqimli hissiyot, g‘alabalarimiz bardavom bo‘lsin. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. Mashg‘ulotlardagi tayyorgarlik ishlanmalarimiz ishladi. 4 ta turdan beri davom etayotgan g‘alabasiz seriya bosimidan o‘tib oldik. Ikkinchi bo‘limda ozroq xotirjamlikka berildik. Jarohatlar rejalarga taʼsir ko‘rsatdi. Xatolarni ko‘rib chiqib, xulosa chiqaramiz.

- Keyingi o‘yinlar haqida fikringiz? O‘zbekiston kubogidagi maqsadlar qanday?

- Bizda chempionat yoki kubok uchrashuvi ajratilmaydi. Har ikki turnir biz uchun muhim. Raqibga qarab yoshlarga ham imkoniyat beramiz. Kubokdagi birinchi vazifamiz bu - guruhdan chiqish.

- Qizil kartochka olgan futbolchilar nechta turga chetlatilgani haqida oydinlik kiritildimi?

- Biz ham kutayapmiz. G‘ofurov ham, Hasanov ham asosiy tarkibda raqobat yarata oladigan futbolchilar. Keyingi turdan ko‘rib chiqilsa kerak. Rejalarni shunga qarab tuzamiz.

- O‘rinbosarlar tarkibida Jasur Ahmadjonov 7 ta gol urdi. Uni asosiy tarkibga jalb etish rejasi bormi?

- Albatta, biz uni kuzatib borayapmiz. Bugungi o‘yin qaydnomasiga ham kiritmoqchi edik. Jasur asosiy tarkib bilan mashg‘ulotlarni ham olib bordi. Yoshlar tarkibimizdan futbolchilar yetishib chiqsa, bundan faqat xursand bo‘lamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting