locale OZ

«Arsenal» «Flitvud»ga yutqazib, Angliya Liga kubogini tark etdi

G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.
Futbol
“Arsenal” “Flitvud”ga yutqazib, Angliya Liga kubogini tark etdi
Фото: Getty Images

"Arsenal" Angliya Liga kubogining 1/8 final uchrashuvida "Flitvud"ga mag‘lub bo‘ldi — 1:1 (penaltilar seriyasida — 3:5). O‘yin "Flitvud"dagi "Hayberi" stadionida bo‘lib o‘tdi.

21-daqiqada Angliyaning to‘rtinchi divizionida ishtirok etuvchi klubning 20 yoshli hujumchisi Aaron Bredli Lupalo-Bi hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin mehmonlar hisobni tenglashtirdi — 50-daqiqada Viktor Dyokeresh gol urdi. Ikkinchi bo‘lim yakuniga yaqin London jamoasi bir futbolchi kam bo‘lib qoldi: 16 yoshli Maks Doumen qizil kartochka oldi.

Penaltilar seriyasida "kanonirlar" safida braziliyalik yarim himoyachi Bruno Gimarayns o‘z zarbasini golga aylantira olmadi.

Angliya Liga kubogining chorak finalida "Flitvud"ning raqibi qur’a natijasida aniqlanadi. Avvalroq "Bredford Siti" "Piterboro Yunayted"ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting