Amorim: Eng achinarli tomoni shuki, biz mashq qilgan holatlardan gol otqazdik
Ruben Amorimning “Brentford”ga qarshi mag‘lubiyatdan keyingi matbuot anjumani
— O‘yindan oldin siz futbolchilar o‘yinni tez boshlash zarurligini tushunishadi, degandingiz, ammo bugun dastlabki 20 daqiqada ikki gol o‘tkazib yubordingiz. Sababi nimada? Odamlar yana “sistema”ni aytishmoqda…
— Har doim bir xil gap: biz yutganimizda “sistemaga aloqasi yo‘q” deyishadi, yutqazganimizda esa “sistemaga bog‘liq” deyishadi. Menimcha, gap boshqa narsada – biz “Brentford” xohlagan futbolni o‘ynadik. Uzun uzatmalar qildik, to‘pni tepib yubordik ikkinchi paslarni olishga urindik, lekin o‘yinni o‘zimiz nazorat qila olmadik. To‘liq o‘z futbolimizni ko‘rsata olmadik, raqib pressing qilganda javob qaytara olmadik. Shu sababli ikkita gol otkazdik. Penalti vaziyatni o‘zgartirishi mumkin edi, lekin umumiy olganda o‘yinni nazorat qila olmadik.
— Siz allaqachon 30 dan ortiq o‘yin o‘tkazdingiz Premier Ligada. Asosiy prinsiplari ishlamayotganini his qilmaysizmi?
— Men bilaman, yigitlar – bu mavzu har safar mag‘lub bo‘lsak ko‘tariladi. Oldimizda hali ko‘p ish bor. Bugun meni ko‘proq tashvishga solgani – biz o‘yinga kira olmadik. Juda ko‘p krosslardan gol otqazdik, qarshi hujumlarda ham gol o‘tkazdik, bundan yaxshi xabardor edik va butun hafta shu ustida ishladik. Demak, yana shu ustida ishlashimiz kerak.
— Uni qanday o‘zgartirasiz? Qanday qilib barqarorlikka erishish mumkin?
— Faqat ishlash, yana ishlash. Eng achinarli tomoni shuki, biz mashq qilgan holatlardan gol otqazdik. Bu xafa qiladi. To‘p bilan yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin, o‘yinni ko‘proq o‘z qo‘limizga olishimiz mumkin. Ha, ba’zan qarorlar bizning foydamizga emas, lekin o‘yinni barqarorlashtirish o‘zimizning qo‘limizda. Bilaman, bu jamoa bunga qodir. Lekin vaziyatlar qarshi bo‘lganda – penalti, birinchi goldan oldingi qoida buzilishi – o‘yinchilarning shaxsiy mahorati yordam berishi kerak bo‘ladi.
— Kollinsni maydondan chetlatilmagani sizni hafsalangizni pir qilmadimi?
— Yo‘q, men shunchaki ba’zida qarorlar bizning foydamizga bo‘lmaydi, dedim. Bu futbolning bir qismi. Biz baribir o‘yinni qo‘lga olishimiz mumkin edi, lekin qila olmadik. Hakam Mbeumo to‘pni nazorat qilmadi dedi, lekin u nazorat qilmadi, chunki uni tortib yuborishdi. Ammo qaror – qaror. Biz hakamga yopishib olishimiz emas, o‘zimiz yaxshiroq o‘ynashimiz kerak edi.
— Siz hali hammasini to‘g‘rilay olishingizga ishonasizmi?
— Bu ba’zan oldinga, ba’zan orqaga tashlangan qadamga o‘xshaydi. G‘alaba bo‘lsa – kayfiyat boshqacha, mag‘lub bo‘lsak – yana orqaga qaytib, keyingi g‘alabani izlaysan. Lekin men har doim o‘zimga ishonaman, chunki nima qilishni bilaman.
— Bugun ko‘p individual xatolar bo‘ldi. Sizningcha, futbolchilar ham mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerakmi?
— Men bu yerda futbolchilarni himoya qilish uchun emas Vazifam – klub va jamoa uchun eng yaxshisini qilish. Mashg‘ulotlarda ularning ishlashini ko‘ryapman. Qiyin o‘yinlarda hammasi rejadagidek ketmasligi mumkin – bu “United”dagi bosimning bir qismi. Men na futbolchilarni, na o‘zimni oqlashni xohlamayman. Faqat keyingi o‘yinda qanday g‘alaba qozonishni va jamoaga impuls berishni o‘ylayman. Bugun esa biz “Brentford” futbolini o‘ynadik, o‘zimiznikini emas. Raqib istagan futbolni o‘ynasang, yutish qiyinlashadi.
— Siz baribir taraqqiyot bo‘lishiga ishonasizmi? Chunki hozir jamoa gohida oldinga, gohida orqaga qadam tashlayotgandek ko‘rinmoqda…
— Yigitlar, men sizlarga har safar mag‘lub bo‘lganimizdagidek bir xil gapni aytaman. Ba’zida o‘sishni ko‘ramiz, jamoa yaxshi o‘ynaydi, ba’zida esa yo‘q. Shuning uchun suhbatimiz har safar bir xil bo‘lib qoladi. Hammasi keyingi o‘yinga bog‘liq. Uni yutishimiz kerak. Lekin aniqki, biz ko‘proq hujumlar yaratishimiz mumkin. Ba’zida ko‘proq hujum zonalariga kiramiz, ba’zida esa oxirgi pas yoki zarbada biroz sifat yetishmaydi. Shu ustida yana ishlash kerak bo‘ladi.