locale OZ

Pau Kubarsi JCh-2026ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Uchrashuvda Ispaniya Argentinani minimal hisobda magʻlub etdi.
Pau Kubarsi JCh-2026ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilgi Jahon chempionati yakunlariga ko‘ra turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi nomini e’lon qildi. Ushbu nufuzli sovringa Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Pau Kubarsi loyiq ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida Ispaniya Argentina terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Mazkur turnirda Kubarsi barcha 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakatlar qayd etmagan bo‘lsa-da, uning yetakchiligidagi "Qizil furiya" mudofaa chizig‘i butun turnir davomida o‘z darvozasidan bor-yo‘g‘i bitta gol o‘tkazib yubordi, xolos.

Ma’lumot uchun, ispanlar o‘z tarixida ilk bor 2010-yili Janubiy Afrikada o‘tgan Jahon chempionatida zafar quchishgan edi. O‘shanda jamoa finalda Niderlandiya terma jamoasini mag‘lub etgandi (1:0, qo‘shimcha vaqtda). Amaldagi chempion Argentina esa bu safar taxtni topshirishga majbur bo‘ldi va kumush medallar bilan cheklandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting