locale OZ

Chim ustida xokkey boʻyicha ayollar terma jamoasi bronza medalini egalladi

O‘zbekiston ayollar o‘smirlar (U-21) milliy terma jamoasi Women’s Junior AHF Cup Muscat 2026 musobaqasini muvaffaqiyatli yakunlab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chim ustida xokkey boʻyicha ayollar terma jamoasi bronza medalini egalladi
photo: sport vazirligi

O‘zbekiston ayollar o‘smirlar (U-21) milliy terma jamoasi Women’s Junior AHF Cup Muscat 2026 musobaqasini muvaffaqiyatli yakunlab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jamoamiz turnirni Qozog‘istonga qarshi 1:1 hisobidagi durang bilan boshladi. Keyingi uchrashuvda Bangladeshga imkoniyatni boy bergan boʻlsalar, Gonkong (Xitoy)ni 6:1, Pokistonni 5:3 hisobida mag‘lub etib, bronza medali uchun bahs yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Hal qiluvchi uchrashuvda esa terma jamoamiz Gonkong (Xitoy)ni 10:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratib, Women’s Junior AHF Cup Muscat 2026 musobaqasining bronza medali sohibiga aylandi.

Shuningdek, musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Rushana Choriyeva turnirning “AirAsia Best Goalkeeper Award” sovrini bilan taqdirlangan boʻlsa, terma jamoamiz hujumchisi Madinabonu Xo‘jayeva esa musobaqaning eng yaxshi to‘purari sifatida “Bharath University Top Scorer Award” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting