locale OZ

Leandro Paredes final hushtagidan soʻng janjal koʻtardi va qizil kartochka oldi

Hal qiluvchi bahs koʻngilsizlik bilan yakunlandi.
Leandro Paredes final hushtagidan soʻng janjal koʻtardi va qizil kartochka oldi
FOTO: Getty Images

Argentina terma jamoasi himoyachisi Leandro Paredes Ispaniyaga qarshi kechgan JCh-2026 final uchrashuvidan (0:1) keyin yuzaga kelgan mushtlashuv sababli qizil kartochka oldi, deya xabar bermoqda L'Équipe nashri.

O‘yindan keyingi janjal vaqtida Leandro Paredes dastlab Erik Garsiyani turtib yuborgan, shundan so‘ng Gavi unga yaqinlashishga harakat qilgan. Biroq argentinalik futbolchi Gavlini maydonga yiqitib, uning libosidan (manishka) tutgan va zarba bergan.

Mazkur mojaroga har ikki jamoaning boshqa futbolchilari va murabbiylar shtabi vakillari aralashganidan so‘ng, bosh hakam Paredesga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tdi. Finalda Ispaniyaga imkoniyatni boy bergan Argentina terma jamoasi amaldagi chempion unvonini himoya qila olmadi. 2022-yili Qatarda o‘tgan turnir finalida jamoa Fransiyani mag‘lub etgandi (3:3, penaltilar bo‘yicha — 4:2).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting