locale OZ

Ispaniya ikkinchi bor Jahon chempioni bo‘ldi: Angliya bu borada yakka bo‘lib qoldi

"Qizil furiya" finalda Argentinani taslim etdi.
Ispaniya ikkinchi bor Jahon chempioni bo‘ldi: Angliya bu borada yakka bo‘lib qoldi
FOTO: Getty Images

Ispaniya milliy terma jamoasi JCh-2026 finalida Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi bor dunyo birinchiligida zafar quchdi. Ushbu natijadan so‘ng Angliya terma jamoasi tarixda atigi bir marta Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yagona mamlakat bo‘lib qoldi. Inglizlar o‘zlarining yagona chempionligini uzoq 1966-yilda nishonlashgan.

Jahon chempionliklari soni bo‘yicha terma jamoalar reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Braziliya — 5 ta chempionlik;
  2. Germaniya, Italiya — 4 tadan;
  3. Argentina — 3 ta;
  4. Urugvay, Fransiya, Ispaniya — 2 tadan;
  5. Angliya — 1 ta.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tdi. Avvalgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi g‘olib chiqqan edi. 2022-yili Qatarda o‘tgan turnir finalida ular Fransiya termasini taslim etishgandi (3:3, penaltilar bo‘yicha — 4:2).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting