locale OZ

Ferran Torres Ispaniya — Argentina uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Finalda yevropaliklar minimal hisobda gʻalaba qozondi.
Ferran Torres Ispaniya — Argentina uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) JCh-2026 finalidan o‘rin olgan Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi. Mazkur bahs "Qizil furiya"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi, o‘yin qahramoni esa hujumchi Ferran Torres bo‘ldi.

Ferran qo‘shimcha bo‘limlarda jamoasiga jahon chempionligini taqdim etgan gol muallifiga aylandi. Bu ispaniyalik hujumchining mazkur turnirdagi ilk goli bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor 2010-yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi. O‘shanda ham jamoa finalda Niderlandiya ustidan xuddi shunday hisobda (1:0, qo‘shimcha vaqtlarda) zafar quchgandi. Argentina terma jamoasi esa amaldagi chempionlik unvonini himoya qila olmay, kumush medallar bilan cheklandi.

Bir kun avval bo‘lib o‘tgan uchinchi o‘rin uchun bahsda esa Angliya terma jamoasi Fransiyani golli shouga aylangan o‘yinda 6:4 hisobida mag‘lub etib, bronza medallariga ega chiqdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting