locale OZ

Unai Simon JCh-2026ning eng yaxshi darvozaboni deb topildi

Hal qiluvchi bahsda Ispaniya Argentinani minimal hisobda magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Unai Simon JCh-2026ning eng yaxshi darvozaboni deb topildi
FOTO: Getty Images

Ispaniya terma jamoasi posboni Unai Simon 2026-yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi darvozaboni deb e’lon qilindi. Ispanlar turnir finalida Argentina terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi. Unai Simon mazkur musobaqa davomida o‘tkazilgan 8 ta uchrashuvda o‘z darvozasidan bor-yo‘g‘i bitta gol o‘tkazib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, final bahsidagi yagona gol 106-daqiqada Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres tomonidan kiritildi. Argentinaliklar esa yarim himoyachi Enso Fernandesning 90+3-daqiqada maydondan chetlatilganidan so‘ng o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunlashga majbur bo‘lishdi.

2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tdi. Avvalgi dunyo birinchiligida Argentina terma jamoasi g‘olib chiqqan edi. 2022-yili Qatarda o‘tgan turnir finalida ular Fransiya termasini taslim etishgandi (3:3, penaltilar bo‘yicha — 4:2).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting