locale OZ

Rahmatillo Boymatovdan muddatidan oldin g‘alaba

Ayni vaqtda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Zuffa Boxing tomonidan tashkil etilgan professional boks oqshomi davom etmoqda.
Boks
Rahmatillo Boymatovdan muddatidan oldin g‘alaba
photo: boks Uzbekistan

Rahmatillo Boymatovdan muddatidan oldin g‘alaba.

Ayni vaqtda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Zuffa Boxing tomonidan tashkil etilgan professional boks oqshomi davom etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, mazkur kechada ikki nafar hamyurtimiz — Rahmatillo Boymatov hamda Jahongir Zokirov navbatdagi janglarini o‘tkazishmoqda.

Hamyurtimiz Rahmatillo Boymatov ishtirokidagi jang o‘z yakuniga yetdi. U ganalik Moro Kanlaga (11-2, 9 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

Quvonarlisi, Boymatov raqibini birinchi raundning o‘zidayoq nokautga uchratib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, hamyurtimiz professional ringdagi g‘alabalari sonini ikkitaga yetkazdi (2-0).

Ayni damda terma jamoamiz katta murabbiyi Akmal Hasanov Jahongir Zokirovni jangiga tayyorlamoqda.

Fursatdan foydalanib, Jahongir Zokirovga ham bo‘lajak jangda omad va g‘alaba tilaymiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting