locale OZ

Jahongir Zokirovdan ishonchli g‘alaba

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Zuffa Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan professional boks oqshomida yana bir vakilimiz Jahongir Zokirov ham o‘z jangini o‘tkazdi.
Boks
Jahongir Zokirovdan ishonchli g‘alaba
photo: gettyimages

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Zuffa Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan professional boks oqshomida yana bir vakilimiz Jahongir Zokirov ham o‘z jangini o‘tkazdi.

Og‘ir vazn toifasidagi bahsda Zokirov kanadalik Brandon Kolantanio (8-2, 1 KO)ga qarshi ringga ko‘tarildi.

Terma jamoamiz katta murabbiyi Akmal Hasanovning burchakdagi ko‘rsatmalarini olgan vakilimiz raqibini birinchi raundning o‘zida qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Ikki bora nokdaun holatiga uchragan kanadalik bokschi birinchi raundni arang tugatib oldi. Kolantianoning murabbiylari ikkinchi raundga chiqa olmasligini bildirishdi va texnik nokaut bilan Zokirov g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, Jahongir Zokirov professional ringdagi g‘alabali yurishini davom ettirib, rekordini 3-0 ko‘rinishiga yetkazdi!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting