locale OZ

Jahon kubogi: O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi ma’lum

27 noyabrdan 5 dekabrga qadar Toshkent shahrida boks bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Boks
Jahon kubogi: O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi ma’lum
photo: gettyimages

Jahon kubogi: O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi ma’lum.

27 noyabrdan 5 dekabrga qadar Toshkent shahrida boks bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning eng kuchli bokschilari jam bo‘ladigan nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan milliy terma jamoamiz tarkibi ham ma’lum bo‘ldi.

Tarkibimiz bilan tanishing:

Erkaklar:

-50 kg. Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-55 kg. Asilbek Jalilov
-60 kg. Samandar Olimov
-65 kg. Abdurahmon Mahmudjonov
-70 kg. Abdulloh Madaminov
-75 kg. Safarmurod Allaberganov
-80 kg. Javohir Ummataliyev
-85 kg. Norbek Abdullayev
-90 kg. Akmaljon Isroilov
+90 kg. Jahongir Zokirov

Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev

Murabbiylar: Xuan Enrike Steyners, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Alimardon Dostonov, Sherzodbek Ahmadjonov, Botirjon Mahmudov.

Ayollar:

-48 kg. Farzona Fozilova
-51 kg. Feruza Kazakova
-54 kg. Nigina O‘ktamova
-57 kg. Xumorabonu Mamajonova
-60 kg. Sitora Turdibekova
-65 kg. Navbahor Hamidova
-70 kg. Aziza Zokirova
-80 kg. Ruxshona Parpiyeva

Bosh murabbiy: Elshod Rasulov

Murabbiy: Barbaro Fernandez Ximenez, Islom Tadjiboyev, Istam Kabinov, Shahzoda Umarova.

Shifokor: Komiljon Rasulov.
Fizioterapevt: Xesus Alberto.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting