locale ЎЗ
OZ - o'zbekcha ЎЗ - ўзбекча

Oleksandr Usik Devid Benavidesga qarshi jang qilishni rejalashtirmoqda

Mag‘lubiyatsiz kelayotgan sobiq mutlaq jahon chempioni birinchi og‘ir vazn toifasiga qaytib, amerikalik Devid Benavides bilan to‘qnash kelishni rejalashtirmoqda.
Бокс
Фото: Getty Images

Ukrainalik mashhur bokschi Oleksandr Usik professional faoliyatining yakuniy bosqichida yana bir katta jang o‘tkazishni istamoqda. Mag‘lubiyatsiz kelayotgan sobiq mutlaq jahon chempioni birinchi og‘ir vazn toifasiga qaytib, amerikalik Devid Benavides bilan to‘qnash kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Ring nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Usikning maslahatchisi Sergey Lapin ukrainalik bokschi 2027-yilda birinchi og‘ir vaznga qaytib, yana mutlaq jahon chempioni bo‘lishni maqsad qilganini ma’lum qilgan. Rejaga ko‘ra, Usik dastlab chempionlik kamarlaridan birini qo‘lga kiritib, keyinchalik Benavidesga qarshi birlashtiruvchi jang o‘tkazmoqchi.

Biroq mazkur to‘qnashuv hali rasman kelishilmagan. Benavidesning ham oldinda boshqa chempionlik janglari mavjud. Shu sababli ikki bokschi o‘rtasidagi ehtimoliy bahsning sanasi va tashkil etilish shartlari hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun, Oleksandr Usik professional faoliyatida 25 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Devid Benavides esa 32 ta jangda mag‘lubiyatga uchramagan va hozirda birinchi og‘ir vazn toifasida WBA hamda WBO chempionlik kamarlariga egalik qilmoqda.

Sports24.uz Бизни кузатинг
Асосий воқеаларни кузатиб боринг! Янгиликлар, натижалар ва спортдаги энг ёрқин лаҳзалар. Кузатинг ва энг муҳим воқеалардан хабардор бўлинг!
Изоҳлар
Изоҳ қолдириш учун рўйхатдан ўтинг