locale OZ

Superliga 3-turining yakuniy o‘yinlari qanday kechdi?

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga 3-turining yakuniy o‘yinlari qanday kechdi?
Rasm: Instagramdagi fcdinamo1960 sahifa FK Dinamo Samarqand
O‘zbekiston Superligasi
29.03.2025, Yak.
Nasaf Qarshi
0
Neftchi Fargona
0

29 mart kuni O‘zbekiston Superligasi doirasidagi so‘nggi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bahsda «Nasaf» «Neftchi»ni qabul qildi. O‘yin 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.
«Nasaf» yettinchi, «Neftchi» esa to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi uchrashuvda «Mash’al» «So‘g‘diyona» jamoasiga qarshi maydon egasi bo‘ldi va minimal hisobda - 1:0 g‘alaba qozonib, uchinchi turdan so‘ng 11-pog‘onani band etdi. O‘z navbatida «So‘g‘diyona» 14-o‘ringa tushib qoldi.

Uchinchi turning yakuniy o‘yinida «Paxtakor» o‘z maydonida «Dinamo Samarqand» klubini qabul qildi va 0:1 hisobida mehmonlar g‘olib chiqdi. «Dinamo Samarqand» hozircha uchinchi, «Paxtakor» esa 15-o‘rinda turibdi.

O‘zbekiston Superligasi. Uchinchi tur:
Nasaf - Neftchi - 0:0
Mash’al - So‘g‘diyona - 1:0
Gollar: Baratov 45+2
Paxtakor - Dinamo Samarqand - 0:1
Gollar: Xo‘jamirzayev 62.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting