locale OZ

Superliga. “Nasaf” - “Neftchi” uchrashuvi uchun PREVYU

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. “Nasaf” - “Neftchi” uchrashuvi uchun PREVYU
FOTO: PFC NEFTCHI
O‘zbekiston Superligasi
29.03.2025, Yak.
Nasaf Qarshi
0
Neftchi Fargona
0

Bugun O'zbekiston Superligasining 3-turidan o'rin olgan yana bir markaziy uchrashuvda Qarshining “Nasaf” klubi o'z maydonida Farg'onaning “Neftchi” klubini qabul qiladi.

Jamoalar hozirga qadar milliy chempionatimiz doirasida 52 bor to'qnash kelishgan. Ularning 22 tasida “Nasaf”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 19 tasida “Neftchi” zafar quchgan.

11 ta o'yinda esa durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati 68-58, qarshiliklar foydasiga.

“Nasaf”ning “Neftchi” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 2003-yilda 4:1 hisobida qayd etilgan. Farg'onaliklar esa 1999-yilda qarshiliklarni 4:0 hisobida mag'lub etgan.

Eslatib o'tamiz, “Nasaf” va “Neftchi” o'rtasidagi dramatik uchrashuv bugun, 29-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da Qarshidagi “Markaziy” stadionida start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting