locale OZ

YECHL. «Barselona» mehmonda «Sabah»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Ozarboyjon klubi safida Umarali Rahmonaliyev maydonda to‘liq harakat qildi. Flik jamoasi esa umumiy turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi.
Futbol
YECHL. «Barselona» mehmonda «Sabah»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
photo: gettyimages
Chempionlar ligasi
25.11.2026, Yak.
Sabah FK
1
Barselona
4

Yevropa Chempionlar ligasi 5-turida «Barselona» Bokuda «Sabah» bilan bellashdi. Unda kataloniyaliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Entoni Gordon dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, Adeyemi va Jezus bittadan gol urdi. Ozarboyjonliklar safida yagona gol Mikels hisobiga yozildi.

Bu o‘yinda o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Umarali Rahmonaliyev maydonda to‘liq harakat qildi.

Bu natijadan so‘ng Flik jamoasi ochkolari sonini 12 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Sabah» 3 ochko bilan 32-pog‘onada.

YECHL. 5-tur
Sabah – Barselona 1:4
Gollar:
Mikels 63 – Gordon 31, 51, Adeyemi 55, Gabriel Jezus 60.
Sabah — Pokatilov, Solve, Rahmonaliyev, Nvachukvu, Aliyev, Lepinitsa, Puxach, Almeyda (Dashdamirov, 76), Severina (Parris, 61), Du Keyros (Isayev, 61), Zedadka (Mutalimov, 76).
Barselona — Joan Garsiya, Balde (Kanselu, 64), Gavi (Farinas, 86), Fermin Lopes, Pedri (Olmo, 46), Jezus, Adeyemi, Gordon (Rafinya, 76), Martin, de Yong (Kampos, 64), Kunde.
Ogohlantirish: Lepinitsa 69.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting