locale OZ

Koreyada xalqaro musobaqa ishtirokchilari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi

25-noyabr kuni Koreya Respublikasida The 2nd 2026 Asian Nations Invitational Youth Pony Show Jumping Competition musobaqasi doirasida sportchilar uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Koreyada xalqaro musobaqa ishtirokchilari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi
photo: gettyimages

Koreyada xalqaro musobaqa ishtirokchilari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi

25-noyabr kuni Koreya Respublikasida The 2nd 2026 Asian Nations Invitational Youth Pony Show Jumping Competition musobaqasi doirasida sportchilar uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining startga chiqish tartibi va ularga biriktirilgan otlar quyidagicha belgilandi:

7-raqam — Muhammadyusuf Yuldashev — WIND.

8-raqam — Sevinch Nazarova — SANGDI.

Shuningdek, musobaqada ishtirok etuvchi otlar veterinariya ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tdilar.

Ertaga, 26-noyabr kuni sportchilar ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvda ishtirok etish uchun chiqadilar.

Sportchilarimizga musobaqada omad, ishonchli chiqishlar va yuqori natijalar tilaymiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting