locale OZ

Vodiy derbisidan oldin \"Neftchi\"da katta yo‘qotish

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vodiy derbisidan oldin "Neftchi"da katta yo‘qotish
ФОТО: Instagram
O‘zbekiston Superligasi
05.04.2025, Yak.
Neftchi Fargona
3
Navbahor Namangan
2

Bugun, 5-aprel kuni O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan markaziy bahs Farg‘onada o‘tadi.

"Istiqlol" stadionida "Neftchi" Namanganning "Navbahor" klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yinda "Neftchi" safida gruziyalik hujumchi Toma Tabatadze jarohat sabab ishtirok eta olmaydi.

Sports24.uz ma’lumotiga ko‘ra, Tabatadze mashg‘ulotlardan birida jarohat olgan va shu bois "Nasaf" bilan uchrashuvda ham maydonga tusha olmadi. Ayni paytda hujumchi Farg‘onada davolanmoqda.

E’tiborlisi, Tabatadze 2023-yil yozidan 2024-yil oxirigacha "Navbahor" safida to‘p tepgan.

Ma’lumot uchun, Toma O‘zbekiston Superligasida jami 45 ta uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasiga 19 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting