“Neftchi” - “Navbahor”: Vodiy derbisi uchun PREVYU
FOTO: UZPFL
O‘zbekiston Superligasi
05.04.2025, Yak.
Neftchi Fargona
3
Navbahor Namangan
2
Bugun O'zbekiston Superligasining 4-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvda “Neftchi” o'z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi.
Hozirga qadar tomonlar O'zbekiston chempionati doirasida 60 marta ro'baro' kelgan. Ulardan 26 tasida “Neftchi”, 15 tasida esa “Navbahor”ning qo'li baland kelgan.
19 ta bellashuv esa durang bilan yakunlangan. To'plar nisbati 84:60, farg'onaliklar foydasiga.
Ushbu qarama-qarshilikda “Navbahor”ning eng yirik g'alabasi 3:0, “Neftchi”niki esa 4:1 hisobida qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, “Neftchi” - “Navbahor” o'yini bugun, 5-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da Farg'ona shahrida joylashgan “Istiqlol” stadionida start oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist