«Surxon» – «Dinamo» uchrashuvi oldidan anons
Superliganing navbatdagi turida Termizning «Surxon» jamoasi o‘z maydonida Samarqandning «Dinamo» klubini qabul qiladi.
Jamoalar shu kungacha rasmiy musobaqalar doirasida 28 marotaba o‘zaro to‘qnash kelishgan. Ushbu uchrashuvlarning 13 tasida «Dinamo» g‘alaba qozongan bo‘lsa, 9 bahsda «Surxon» zafar quchgan. Yana 6 ta uchrashuv durang natija bilan yakunlangan. O‘zaro bahslarda urilgan gollar nisbati 38:34 bo‘lib, bu borada ustunlik «Dinamo» tomonida.
O‘tgan mavsumda jamoalar Superliga va O‘zbekiston Kubogi doirasida uch marta o‘zaro bahs olib borishdi. Superliganing birinchi davrasida Samarqandda kechgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Ikkinchi davrada Termizda bo‘lib o‘tgan bahsda ham «Dinamo» 2:0 hisobida zafar quchgan. O‘zbekiston Kubogi doirasidagi uchrashuvda esa samarqandliklar yana 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.
Jamoalar bo‘lajak uchrashuvga g‘alabali kayfiyatda yetib kelmoqda. «Surxon» Superliganing 12-turida safarda «Andijon»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, «Dinamo» safarda «Qizilqum»ni 2:1 hisobida taslim etdi.