locale OZ

«Futbolchilarga ham, muxlislarga ham rahmat» – Vadim Abramov qiyin g‘alaba va chetlatish haqida

"Dinamo" bosh murabbiyi "Surxon"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Futbolchilarga ham, muxlislarga ham rahmat» – Vadim Abramov qiyin g‘alaba va chetlatish haqida
Фото: Динамо ПФК
O‘zbekiston Superligasi
23.07.2026, Yak.
Surxon
1
Dinamo Samarqand
2

Superliga 13-turi doirasidagi "Surxon" – "Dinamo" (1:2) uchrashuvidan so‘ng Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov erishilgan qiyin g‘alaba haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Surxon" jamoasini o‘yinni nazorat qilishni yaxshi ko‘radigan jamoa sifatida bilardik. Tezkor gol urdik, biroq chetlatishdan keyin raqib o‘yinni nazorat qila boshladi. Yigitlarga g‘alaba uchun alohida rahmat, muxlislarga ham qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman. Aslida birinchi bo‘limdayoq qator hujumlar bilan o‘yin taqdirini hal qilish imkoniyatiga ega edik. Yakunda esa og‘ir o‘yinda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

Raul Jeparov yomon o‘ynamadi, ammo chetlatishdan keyin uni tajribaliroq futbolchiga almashtirdik.

Superligada ketma-ket 3-g‘alaba? Mavsum boshida ko‘p ochko yo‘qotdik, endi esa o‘rnini to‘ldirishimiz kerak.

Azizbek Amonovning jarohati? U "Qizilqum" bilan o‘yinda jarohat oldi. Fikrimcha, u bir oylarga safdan chiqdi.

"Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etsak yuqori o‘rinlarga chiqamizmi? O‘zi nechta tur qoldi yana? Hammasini yutsak, chempion bo‘lamiz. Bunday gaplarni chetga surib, o‘yindan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish va ochkolarni ishlab olish kerak. Hamma o‘yin juda og‘ir o‘tmoqda.

O‘rozov? Jahongir masalasida kutyapmiz, qanday kelishishadi, ko‘ramiz. Hozir to‘p "Rubin" tomonida deyishim mumkin. O‘yinchi bilan qanday kelishishadi, ko‘ramiz. Kelishishsa, u o‘tadi, aks holda bizda qoladi.

Moliyaviy holat o‘zgarganmi? Menimcha, hamma bu haqida gapiryapti, bizda hammasi o‘shandek.

Hojimirzayevning dubli? Mavsum oldidan deyarli 6 futbolchimiz milliy jamoalarda edi. Ehtimol, yakunda uning milliy jamoa ro‘yxatidan o‘rin olmagani ruhiy ta’sir ko‘rsatgandir. Anvar jahon chempionatiga bora olmagani uchun to‘g‘ri reaksiya qilib, munosib o‘ynamoqda, uning uchun xursandman", – dedi Vadim Karlenovich matbuot anjumanida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting