locale OZ

Anvar G‘ofurov: «Karlenovichni juda hurmat qilaman, «Dinamo»ni yaxshi tayyorlagani va bizni yaxshi o‘rgangani sezildi»

Superliga 13-turi doirasidagi «Surxon» - «Dinamo» (1:2) o‘yinidan keyin termizliklar bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov ustozi Vadim Abramov haqida iliq fikrlarni bildirdi.
Anvar G‘ofurov: «Karlenovichni juda hurmat qilaman, «Dinamo»ni yaxshi tayyorlagani va bizni yaxshi o‘rgangani sezildi»
photo: Dinamo fk
O‘zbekiston Superligasi
23.07.2026, Yak.
Surxon
1
Dinamo Samarqand
2

Superliga 13-turi doirasidagi «Surxon» - «Dinamo» (1:2) o‘yinidan keyin termizliklar bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov ustozi Vadim Abramov haqida iliq fikrlarni bildirdi.

«Juda yaxshi raqibga qarshi o‘ynadik. Raqibimiz ham bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan ekan. Ular qaysidir vaziyatlarni bilgan holda o‘ynashdi. Bizga omad kulib boqmadi. Yigitlarimga rahmat aytaman. Vaziyatlardan foydalana olmadik.

Andijondagi g‘alabali o‘yin bilan taqqoslaganda bugun jamoamga nima yetishmadi? O‘tgan turda «Andijon» bizdan bunday o‘yinni kutmagandi, bugun esa Samarqandda baribir yaxshi mutaxassis ishlashi ko‘rindi. Yaxshi murabbiylar ko‘p, ammo baribir Karlenovichni juda hurmat qilaman, u kishi murabbiy sifatida ham, inson sifatida ham juda ko‘p narsani ko‘rgan. G‘alaba bilan tabriklayman. Bugun «Dinamo»ni yaxshi tayyorlagani va bizni yaxshi o‘rgangani sezildi», - dedi Anvar G‘ofurov o‘yindan keyin.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting