locale OZ

«Surxon» Davron Merganovning jarohati haqida ma’lumot berdi

Merganov to‘p uchun kechgan havo yakkakurashi vaqtida bosh qismidan jarohat olgandi.
«Surxon» Davron Merganovning jarohati haqida ma’lumot berdi
Фото: Сурхон ПФК
O‘zbekiston Superligasi
18.07.2026, Yak.
Andijon
1
Surxon
2

Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Surxon” uchrashuvining 5-daqiqasida jamoamiz darvozaboni Davron Merganov to‘p uchun kechgan havo yakkakurashi vaqtida bosh qismidan jarohat olib, tibbiy yordam ko‘rsatilgach maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Jamoa shifokori Baxtiyor Mirsagatov ma’lum qilishicha, uchrashuvdan so‘ng futbolchi shifokorlar tomonidan to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Davron Merganovda bosh chayqalishi (miya chayqalishi) holati aniqlangan.

«Ayni vaqtda futbolchining umumiy ahvoli barqaror va qoniqarli. U shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, zarur davolanish hamda tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Hozircha uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy xavotir uyg‘otadigan holat kuzatilmayapti.

Shu munosabat bilan barcha muxlislarimizdan turli taxmin va tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikni, faqat klubning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadigan axborotlarga tayanishni so‘raymiz.

Davron Merganovga yo‘llagan samimiy tilaklari, qo‘llab-quvvatlashi va befarq bo‘lmagan barcha muxlislarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Ishonamizki, u shifokorlar tavsiyalariga amal qilgan holda tiklanish jarayonini muvaffaqiyatli yakunlab, tez orada jamoamiz safiga qaytadi», - deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting