locale OZ

Islom Ahmedov: «Aziz Turg'unboev va Martin Boakeda jarohat bor»

«Andijon» jamoasi 18 iyul kuni bo'ladigan rasmiy o'yin oldidan so'nggi o'z qarorgohida «FarDU»ga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Islom Ahmedov: «Aziz Turg'unboev va Martin Boakeda jarohat bor»
photo: Andijon fk
O‘zbekiston Superligasi
18.07.2026, 11.00
Andijon
-
Surxon
-

“Andijon” jamoasi 18 iyul kuni bo'ladigan rasmiy o'yin oldidan so'nggi o'z qarorgohida “FarDU”ga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Shundan so'ng klub matbuot xizmati bosh murabbiyi Islom Ahmedovga bir qator savollar bilan murojaat qildi.

- “Andijon” “Surxon”ga qarshi rasmiy uchrashuvidan oldin so'ngi repetisiya o'yinini o'tkazdi. Nazorat uchrashuvi haqida nima deya olasiz?

- O'yinga keladigan bo'lsak, chempionat oldidan biz uchun yaxshi o'yin amaliyoti bo'ldi. Sababi, kamchiliklarimizni biroz ko'rsatib qo'ydi. Hujumlarga o'tganimizdan keyin ko'plab qarshi hujumlarni o'tkazib yubordik. Bu o'yin yana ishlashimiz kerak bo'lgan tomonlarimizni ko'rsatib berdi.

- Endi barcha e'tibor “Surxon”ga qarshi uchrashuvga qaratiladi. Futbolchilar bir kun dam olishgach, yana tayyorgarlikka kirishadilar. Ayting-chi, 18 iyul kuni bo'lib o'tadigan uchrashuv uchun mashg'ulotlar qanday reja asosida olib boriladi?

- Uyda o'ynaymiz va biz hujumkor futbol ko'rsatamiz. O'rtoqlik o'yini kabi ko'proq hujumlarda ishtirok etamiz. Qarshi hujumlarni qo'yib yubormaslik ustida ko'proq ishlaymiz.

- Tarkib masalasiga ham to'xtalib o'tsangiz.

- Har bir futbolchilarimiz o'z o'rniga ega. Barchasini yordami tegadi. Lekin futbolni bir qismi jarohatlar. Aziz Turg'unboev va Martin Boakeda jarohat bor. Qolgan o'yinchilarimiz ham saviyali va yo'qlarning o'rnini bilintirishmaydi, degan umiddaman. Qolgan futbolchilarimizga o'zini asosiy tarkibda ko'rsatish uchun imkoniyat bo'ladi.

- “Surxon”ga qarshi o'yin oldidan bosh murabbiy sifatida sizni ko'proq nima o'ylantiryapti?

- Tanaffusdan keyin doimo birinchi o'yinni boshlab olish qiyin kechadi. Startni yaxshi boshlab olsak, u yog'i ham yaxshi davom etaveradi. Anchadan beri muxlislarimiz qarshisida o'ynamadik. O'z uyimizda ishqibozlarimiz ko'z o'ngida o'ynash albatta mas'uliyatli. Shu bois ko'proq ruhiy taraflama ham tayyorgarlik ko'rishimiz lozim.

- 10 avgustga qadar transfer oynasi ochiq. Seleksiya borasida ishlar qanday olib borilyapti?

- Bir-ikkita chiziqlarimizni yanada kuchaytirish uchun o'yinchilar bilan muzokaralarga kirishganmiz. Faqat ularni hozirgi klublari bilan shartnomalari borligi sababli bu jarayon biroz qiyin kechyapti.

- O'rtoqlik uchrashuvida ko'rikdagi futbolchi ham qatnashdi. U qanday taassurot qoldirdi?

- Saidxonov o'zimizni mahalliy futbolchi. Aqlli va bizni o'yin uslubimizga mos tushadi. Faqat jismoniy holat ustida ishlashi kerak. Hammasi o'ziga bog'liq. Keyinchalik jismoniy holatini tiklab olsa, imkoniyat berishimiz mumkin.

- Jamoani 18 iyul kuni bo'ladigan o'yinga qanchalik tayyor, deb ayta olasiz?

- Aytganimdek, mavjud kamchiliklar ustida ishlab, ruhiyatini to'g'rilaydigan bo'lsak, Xudo xohlasa 100 foizga tayyormiz!

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting