locale OZ

Anvar G‘ofurov: «Behruz katta ehtimol xorijga ketadi»

«Surxon» klubi yozgi yig‘indan keyingi ilk rasmiy uchrashuvni g‘alaba bilan boshlashga muvaffaq bo‘ldi.
Anvar G‘ofurov: «Behruz katta ehtimol xorijga ketadi»
photo: tribuna.uz
O‘zbekiston Superligasi
18.07.2026, Yak.
Andijon
1
Surxon
2

«Surxon» klubi yozgi yig‘indan keyingi ilk rasmiy uchrashuvni g‘alaba bilan boshlashga muvaffaq bo‘ldi. Ayniqsa, safarda «Andijon» maydonidagi og‘ir bellashuvda termizliklar 1:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritib, uch ochkoga ega bo‘ldilar. «Surxon» bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov esa matbuot anjumanida qatnashdi.

— «Oson o‘yin bo‘lmasligini bilgandik. Chunki murabbiylar o‘zgarganidan keyin «Andijon»da o‘sish bo‘ldi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Bizni o‘zimizga yarasha xos va mos o‘yinimiz bor. Shuni taklif qilishga harakat qilgandik, balki o‘yinni har epizodida o‘xshamagan bo‘lishi mumkin, lekin yaxshi taraflari ko‘p bo‘ldi, deb o‘ylayman. Bu – futbol. Xatosiz hech narsa bo‘lmaydi. Kimdir xato qiladi va kimdir bu vaziyatdan foydalanib ketadi.

- Jarohat olib maydonni erta tark etgan Davron Merganovni holati qanday?

- Ozgina miya chayqalashi bor. Chuqurroq tahlil qilinganidan keyin bir narsa desa bo‘ladi.

- Asosiy futbolchilar – Chinedu, Potapov, Ne’matxonov kabi futbolchilarni jamoani tark etishiga sabab nima bo‘ldi?

- Ular uchun men javob bera olmayman. Har bittasida o‘z fikri bor va qandaydir o‘z istaklari bo‘yicha jamoadan ketishdi. Ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish, kimdir moliyaviy tarafdan, hammada har xil, ulardan so‘rash kerak. Biz o‘z ishimizni davom ettiramiz. Bizda yosh futbolchilarimiz bor. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar «Surxon» bo‘ladi, futbolchi keladimi yo ketadimi, buni farqi yo‘q. «Surxon» baribir faoliyatini davom ettiradi.

- Behruz Karimov qaydnomada ham yo‘q edi.

- Behruz Karimov jahon chempionatidan keyin bu yil uning uchun katta «nagruzka» bo‘ldi. Qishda umuman dam olgani yo‘q. O‘zini yoshida terma jamoa bilan yig‘inda bo‘ldi. Keyin U20 termasiga chaqirishdi. So‘ngra U23 termasiga va undan keyin milliy jamoaga jalb qilishdi. Shu bois u umuman dam olgani yo‘q. Unga o‘zini tiklab olish uchun dam berildi. Katta ehtimol bilan xorijga ketadi. Bizni ishimiz jamoadagi bor o‘yinchilar bilan ishlash. Behruzga esa dam berilgan, men buni to‘g‘ri tushunaman. U ham odam, robot emas.

- Bir qator yosh futbolchilarni maydonga tushirdingiz. Ularning o‘yinlaridan xulosangiz qanday?

- Albatta, rejalar bor edi. Birinchi bo‘limda darvozabonimiz jarohat olganidan keyin rejalarga biroz o‘zgarishlar kiritildi. Yoshlar tushishdi, xursand bo‘lish kerak. Kimdadir debyut. Imkoniyatlar bormi, demak, u to‘g‘ri harakat qilyapti. Baribir baho berishga hali erta. Bugungi o‘yin uchun hammasi joyida, butun jamoa yaxshi harakat qildi» — deya Anvar G‘ofurovning so‘zlaridan keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting