Superliga. «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Mash’al»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Superliga. «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Mash’al»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Ushbu g‘alabadan so‘ng qo‘qonliklar turnir jadvalida 13-o‘ringa ko‘tarildi. Muborak klubi esa Proligaga sari yaqinlashmoqda.
Superliga 23-turida «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Mash’al»ni qabul qildi. Unda mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvda dastlab Shohrux Gadoyev 16-daqiqada hisobni ochdi. 88-daqiqada Iqbol Malikjonov ikkinchi golni urdi. Silvanus Nimeli yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, qo‘qonliklar ochkolari sonini 23 taga yetkazib, 13-o‘ringa ko‘tarildi. Muborak klubi esa 4 ochko bilan turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Superliga. 23-tur
Qo‘qon-1912 – Mash’al 3:0
Gollar: Shohrux Gadoyev 16, Iqbol Malikjonov 88, Silvanus Nimeli 90+2
Qo‘qon-1912: 13.Rahimjon Davronov, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov, 8.Shota Gvazava, 10.Shohruh Gadoyev, 15.Zafar Hakimov, 19.Shahzod Akramov, 21.G‘ulomhaydar Gulyamov, 71.Elbek Yo‘lchiyev, 99.Muhammadanas Hasanov.
Mash’al: 25.Samandar Jo‘rabekov, 2.Zafar Akramov (22.Muhammadbobur Mo‘ydinov, 46), 5.Komiljon Tojiddinov, 8.Sardor Abduraimov, 9.Ibrohim G‘anixonov, 11.Mahmud Jo‘raboyev, 19.Toxir To‘xtasinov, 28.Ergash Ismoilov, 67.Og‘abek Abdiraximov, 70.Azizbek Choriyev, 88.Ahrorbek Rahimov.