Superliga. «Qo‘qon-1912» kichik hisobda «Lokomotiv»ni mag'lub quldi
Superliga 17-turida "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qildi. Bellashuv 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Dastlab 8-daqiqada Oleksandr Kucherenko o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 12-daqiqada esa Silvanus Nimeli ikkinchi golga mualliflik qildi. 81-daqiqada Shota Gvazava ham avtogol sohibiga aylandi.
Shu tariqa, qo‘qonliklar ochkolari sonini 15 taga yetkazib, 15-o‘rinda bormoqda. "Lokomotiv" esa 25 ochko bilan 6-pog‘onada.
Superliga. 17-tur
Qo‘qon-1912 – Lokomotiv 2:1
Gollar: Oleksandr Kucherenko 8 avtogol, Silvanus Nimeli 12 – Shota Gvazava 81
Qo‘qon-1912 – Rahimjon Davronov, Jasur Yo‘qubov, Alisher Salimov, Javohir Sidiqov, Shota Gvazava, Silvanus Nimeli, Ibrohim Yo‘ldoshev, Farhod Sohibjonov, Shahzod Akramov, Andro Giorgadze, Muhammadanas Hasanov.
Lokomotiv – Nikita Shevchenko, Bilol Tpliev, Suhrob Nurulloyev, Shodiyor Shodiboev, Aleksandr Susnjar, Sardor Mirzaev, Oleksandr Kucherenko, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, Yovan Nisich, Muhammadali Reimov.