Superliga. «Paxtakor» «Mash’al»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi
Superliga. «Paxtakor» «Mash’al»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi
Flamarionning dubli «Paxtakor»ga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi.
Superliganing 22-turida «Mash’al» o‘z maydonida «Paxtakor»ni qabul qildi. G‘uzordagi «Sho‘rtan» stadionida kechgan bahs 0:2 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlandi.
Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. 51-daqiqada Sardor Sobirxo‘jayevning uzatmasidan so‘ng Flamarion toshkentliklarni oldinga olib chiqdi.
77-daqiqada Dostonbek Hamdamovning assistidan keyin Flamarion o‘zining ikkinchi golini urib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 90+10-daqiqada esa Murtozayev penaltidan to‘p kiritib, hisobni qisqartirdi — 1:2!
Bahs davomida muborakliklar futbolchisi Boburjon Asqarov 90+1-daqiqada, «Paxtakor» vakili Murtazo Puraliganji esa 10-daqiqada maydondan chetlatildi.
Ushbu natijadan so‘ng «Paxtakor» ochkolarini 49 taga yetkazib, turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqdi. «Mash’al» esa 4 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qoldi.
Superliga. 22-tur
Mash’al — Paxtakor 1:2
Gollar: Flamarion 51, 77 - Murtozayev 90+10.
Ogohlantirishlar: Ismoilov 6, Rahimov 34, Sobirxo‘jayev 85, Bo‘riyev 90+3.
Chetlatishlar: Puraliganji 10, Asqarov 90+1.
Mash’al: Jo‘rabekov, Akramov, Tojiddinov, Abduraimov, Nuriddinov (G‘anixonov, 79), Ismoilov, Abdirahimov (Mo‘ydinov, 81), Choriyev, Ko‘charov (Murtozayev, 39), Rahimov (Ifeani, 79), Asqarov.
Paxtakor: Quvvatov, Puraliganji, Alijonov, Mozgovoy, Resan (Hamdamov, 67), Bo‘riyev, Sobirxo‘jayev, Hussayn (Chinedu, 68), Nasrullayev, Flamarion, Abdumajidov.