«Mash’al» - «Paxtakor». O‘zaro o‘yinlar tarixidan
Jamoalar chempionat bahslarida 41 bahsda to‘qnash kelishgan.
Фото: Машъал ПФК
O‘zbekiston Superligasi
19.09.2026, 09.00
Mashal
-
Paxtakor Toshkent
-
Super liganing 22-turida "Mash’al" Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zaro o‘yinlar
Jamoalar chempionat bahslarida 41 bahsda to‘qnash kelishgan. Ularning 30tasida "Paxtakor", 5tasida "Mash’al" zafar quchgan. 6 o‘yin durang bilan yakunlangan. "Sherlar" raqib darvozasini 84 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, yo‘lbarslar esa 26 gol urishgan.
“Paxtakor” “Mash’al” ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bu o‘zaro o‘yinlarda poytaxt klubining eng yirik g‘alabasidir. “Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik g‘alabasi esa 3:0 bo‘lib turibdi.