locale OZ

Superliga. “Paxtakor” “Buxoro” darvozasiga javobsiz oltita to'p kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. “Paxtakor” “Buxoro” darvozasiga javobsiz oltita to'p kiritdi
FOTO: UZPFL
O‘zbekiston Superligasi
10.05.2025, Yak.
Paxtakor Toshkent
6
Buxoro
0

O'zbekiston Superligasi 9-turidan o'rin olgan “Paxtakor” va “Buxoro” o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi va unda “sherlar” yirik 6:0 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, Igor Sergeyev 21-daqiqada hisobni ochdi (1:0). 37 va 49-daqiqalarda esa Muhammadali O'rinboyev dublni rasmiylashtirdi (3:0).

60-daqiqada Bashar Resan hisobni yirik ko'rinishga olib kelgan bo'lsa (4:0), 62-daqiqada Ibrohim Ibragimov jamoasining beshinchi goliga mualliflik qildi (5:0).

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Muhammadali Usmonov hisobni yanada yiriklashtirib qo'ydi (6:0).

Shu tariqa, “Paxtakor” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 12 taga yetkazib, turnir jadvalida 6-o'ringa ko'tarishga kelishiga sababchi bo'ldi.

O'zbekiston Superligasi | 9-tur

“Paxtakor” 6:0 “Buxoro”

Gollar: Igor Sergeyev 21' (1:0), Muhammadali O’rinboyev 37' (2:0), Muhammadali O’rinboyev 49' (3:0), Bashar Resan 60' (4:0), Ibrohim Ibragimov 62' (5:0), Muhammadali Usmonov 90+6' (6:0).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting