locale OZ

Kamoliddin Tojiyev: \"Menmi yoki boshqa murabbiymi farqi yo'q\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamoliddin Tojiyev: "Menmi yoki boshqa murabbiymi farqi yo'q"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
10.05.2025, Yak.
Paxtakor Toshkent
6
Buxoro
0

"Buxoro"ga qarshi o‘yindan keyin "Paxtakor" ustozi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugun yigitlar barcha ko‘rsatmalarni yaxshi bajarishdi va o‘z darajalarida futbol o‘ynashdi. Bahsdan oldin ular bilan suhbatlashib, barchalari yuqori saviyada o‘ynay olishlari haqida gaplashdik.

Ular kichik ruhiy tushkunlikda edi. Ularni bundan chiqarish ustida ishlash kerak.

Barchalari o‘z toifalarida terma jamoalar a’zolari sanaladi. Ular juda yaxshi o‘ynay olishadi, faqat o‘zlariga ishonchni his qilishlari kerak.

Ruhiyat borasida ishlansa, barchasi o‘zgaradi. Bu jamoadagi futbolchilarni zo‘r o‘ynatsa bo‘ladi, menmi yoki boshqa murabbiymi, farqi yo‘q. Ayni paytda ruhiyatni yaxshilash borasida yigitlar bilan ishlaymiz",-deydi “Paxtakor” vaqtinchalik bosh murabbiyi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting