Superliga. «Mash’al» «Qo‘qon-1912»ni mag'lub qilib muhim g'alabani qo'lga kiritdi
Superliga 12-turida «Mash’al» (3, 16-o‘rin) G‘uzorda «Qo‘qon-1912»ni (11, 15-o‘rin) minimal hisobda yengdi.
Ergash Ismoilov gol muallifiga aylandi. Bu «gazchilar»ning ushbu mavsumda Superligadagi ilk g‘alabasiga aylandi.
Sergey Lushan qaysi jamoada ishlamasin debyut o‘yinida imkoniyatni boy bermagan. Bu an’ana 11 ta turda bironta ham ochko ololmagan autsayder – “Mash’al” klubida ham davom etdi. Sergey Ivanovich jamoasi o‘zbek futboli vatani – Qo‘qonlik futbolchilarga qarshi bahsda kichik hisobda zafar quchishni uddaladi.
Mash’al – Qo‘qon-1912 1:0
Gol: Ergash Ismoilov 62
Mash’al: 35.Dostonbek To‘xtaboyev, 2.Zafarbek Akramov, 4.Straxinya Boshnyak, 8.Sardor Abduraimov (99.Bobir Asqarov, 74), 9.Ibrohim G‘anixonov (17.Anvar Murodov, 78), 10.Humoyun Murtozayev (7.Vlatko Stoyanovski, 88), 15.Muhammadali Aliqulov, 18.Ilhomjon Abdig‘aniyev (22.Nurjahon Muzaffarov, 88), 19.Toxir To‘xtasinov, 28.Ergash Ismoilov (40.Ruhiddin Xolmatov, 88), 37.Sherzod Fayziyev.
Qo‘qon-1912: 13.Rahimjon Davronov, 5.Jasurbek Ëqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Javohir Sidiqov (69.Yegor Kondratyuk, 75), 8.Shota Gvazava, 10.Shohruh Gadoyev, 19.Shahzod Akramov, 21.G‘ulomhaydar Gulyamov (17.Farhodjon Sohibjonov, 68), 22.Toma Tabatadze, 44.Andro Giorgadze, 99.Muhammadanas Hasanov (9.Javohir Husanov, 68).